← Yangiliklarga qaytish

📖 Boysun tumanida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

📅 10.08.2026   👁 12
✍️ Tumandagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi misolida maktab rahbarlari ishtirokida 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

♾ Unda Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi A Bozorov hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.

🔎 Seminar davomida maktablar tajribasi asosida hududlarni obodonlashtirish va “Yashil hudud”larni tashkil etish, quyosh panellaridan samarali foydalanish, sanitariya-gigiyena hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.