← Yangiliklarga qaytish

"YANGI O'QUV YILIGA PUXTA TAYYORGARLIK – SIFATLI TA'LIM GAROVI"

📅 06.08.2026   👁 10
Boysun tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi misolida tumandagi  62 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbarlari, o‘quv ishlari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
🔎 Seminar davomida yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim muassasalarida xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan qator amaliy masalalar muhokama qilindi.

📌 Xususan, ta'lim muassasalarini yangi o'quv yiliga sifatli tayyorlash, mavjud kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchilarga zamonaviy va qulay ta'lim muhitini yaratish bo'yicha zarur tavsiya hamda ko'rsatmalar berildi.

✅Mazkur seminar maktablar o'rtasida ilg'or tajribalarni ommalashtirish, o'zaro fikr almashish va yangi o'quv yilini yuqori saviyada boshlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir..

♾ Seminar yakunida barcha umumta’lim maktablarida tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar belgilab berildi.