← Yangiliklarga qaytish

Surxondaryo viloyati Boysun tumani "Jasorat maktabi"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshlandi.

📅 05.08.2026   👁 13
Surxondaryo viloyati Boysun tumani "Jasorat maktabi"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshlandi.

☑️05.08.2026 yil Boysun tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida faoliyat yuritayotgan "Jasorat maktabi"da nomzodlar uchun kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazildi.
Sinov davomida har bir o‘quvchi 5 turdagi jismoniy mashq bajarib, 50 ballik tizim asosida baholab borilmoqda. Bu sinovlar orqali o‘quvchilarning jasorat, chaqqonlik va jismoniy salohiyati aniqlab olinadi.
❇️Ushbu bosqichda ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi belgilangan mezonlar asosida xolis va shaffof tarzda baholanmoqda.


🎓 Boysun tuman Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi axborot xizmati