← Yangiliklarga qaytish

Boysun tumanidagi 8-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish davrini mazmunli hamda samarali tashkil etish bo'yicha seminar tashkil etildi.

📅 15.06.2026   👁 9
☀️Boysun tumanidagi 8-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish davrini mazmunli hamda samarali tashkil etish bo'yicha seminar tashkil etildi.

⚙️ 2026-yil 15-iyun kuni Boysun tumanidagi 8-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish davrini mazmunli va samarali tashkil etish hamda "Suvni asraymiz - kelajakni asraymiz" shiori ostidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

📢 Seminarda Boysun tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i v.v.b. N.Aliqulov, bo'limning maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi bosh metodisti S.Saidov hamda bo'lim tasarrufidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, metodistlar hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etib, yozgi mavsumda bolalarning sog‘lom dam olishini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini sifatli yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.